Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Guangdong Okean Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida o‘zaro akademik almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik asosida universitetimiz professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va magistrantlari malaka oshirish hamda stajirovka kurslarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Ayni paytda bir qator ilmiy izlanuvchilar va pedagoglar Guangdong Okean Universitetida qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka dasturlarida qatnashmoqda. Ular zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar, ta’lim jarayonini tashkil etishning ilg‘or tajribalari hamda sohaga oid dolzarb ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Ijtimoiy tarmoqlar: