logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro hamkorlik doirasida Toshkent davlat agrar universitetida chet ellik dotsent seminar-trening o‘tkazdi

view 224

Boshqirdiston davlat agrar universitetining Agrotexnologiyalar va o‘rmon xo‘jaligi fakulteti dekani, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Alimgafarov Rail Rafikovich Toshkent davlat agrar universitetining Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti, “Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda magistrlari uchun seminar-trening o‘tkazdi. Seminar davomida Rail Rafikovich Boshqirdiston davlat agrar universitetining ta’lim va ilmiy faoliyati, erishilgan yutuqlari hamda xalqaro hamkorlik tajribalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari bilan qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida respublikamiz talabalari, magistrlari va doktorantlarini Boshqirdiston davlat agrar universitetida tahsil olishga taklif etib, u yerda yaratilgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot uchun qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.