logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

XITOYDA BEPUL TA’LIM VA MAGISTRATURA: TDAU BITIRUVCHILARI UCHUN BEPUL YOZGI LAGER IMKONIYATI!

view 21

Toshkent davlat agrar universiteti 4-bosqich talabalari diqqatiga! Xitoyning nufuzli Northwest A&F universiteti bilan hamkorlikdagi 1+1 magistratura qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ajoyib yangilik e’lon qilingan edi. Sizni Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “Discover Colorful China, Experience Agricultural Culture” (Spring Camp – 2026) xalqaro yozgi lageriga taklif etamiz. Lager 2026-yilning 14-aprelidan 23-apreliga qadar davom etadi va eng muhimi, barcha xarajatlar — avia chipta, transport, yashash hamda ovqatlanish hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi. Ushbu imkoniyatdan bog‘dorchilik, o‘simliklarni himoya qilish, agronomiya, biznes boshqaruvi, chorvachilik, kompyuter muhandisligi, ta’limda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishi talabalari foydalanishlari mumkin. Nomzodlardan ingliz tilini B1 yoki B2 darajasida bilish, xalqaro pasportga ega bo‘lish hamda lagerdan so‘ng magistratura bosqichini qo‘shma ta’lim dasturi asosida davom ettirish majburiyati talab etiladi.

DIQQAT, MUHIM ESLATMA: Mazkur dastur doirasida saralash bosqichi bo'lgan maxsus suhbat 30-mart kuni soat 15:00 da "O'zbekiston-Xitoy qo'shma ta'limi" binosida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar suhbatdan ingliz tilida o‘tadilar hamda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha insho (esse) yozadilar.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun universitetning Xalqaro bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.