logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xurmo mevasi qarishni sekinlashtirishi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi haqida bilarmidingiz ?

view 247

Barcha apelsinrang mevalarda bo‘lgani kabi, xurmoda ham beta-karotin ko‘rinishidagi A vitamini ko‘p. Organizm 100 gramm xurmodan bu muhim elementning 12 foiz kundalik normasini olishi mumkin. A vitamini hujayralarni erkin radikallardan himoyalovchi, qarish jarayonini sekinlashtiruvchi va saraton xavfini kamaytiruvchi kuchli antioksidant. Bu vitamin o‘tkir ko‘rish qobiliyati garovidir. Uning yetishmasligi insonning kechki payt va qorong‘uda ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari, beta-karotin quyosh ostida kuyib ketmaslikka yordam beradi: u terini ultrafiolet nurlarning zararli ta'siri, qurish va yorilishdan himoyalaydi. Shunisi muhimki, xurmoda A vitamini aynan beta-karotin ko‘rinishida bo‘ladi. Bu ko‘rish bilan bog‘liq muammolar, terining ko‘chishi, suyaklardagi og‘riqlar va buyraklar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi dozani oshirib yuborish xavfini kamaytiradi.

Immunitetni mustahkamlaydi. Xurmo o‘z tarkibidagi yana bir antioksidant bilan maqtana oladi. Bu - immunitet himoyachisi sifatida mashhur C vitamini. 100 gramm mevada shu vitamin kundalik normasining 10 foizi mavjud, u shamollash va tumovning oldini olishda yordam beradi. U profilaktik vosita sifatida samara beradi. Agar yo‘tal va burun bitishi boshlanib bo‘lgan bo‘lsa, xurmo bularni bartaraf qilishga ojizlik qiladi. Kayfiyatni ko‘taradi. Xurmoda monosaxaridlar: glyukoza va fruktoza ko‘p bo‘lgani uchun ham shirin. Bu shakarning eng foydali turi bu esa òz òzidan inson kayfiyatini kótaradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.