logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Yams» – ayollar salomatligi va garmonal muvozanat uchun tabiatdan ajoyib tuhfa»

view 44

Dorivorligi: Yams (Dioskoreya) - ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ildizlari va tuganaklari dorivor va oziq-ovqat maqsadlarda ishlatiladi.  Ayrim dioskoreya turlari tarkibidagi biologik faol modda (diosgenin va diostsin), ko'plab dori-darmonlar, xususan, ayollarda gormonal darajani tartibga soluvchi, xolesterin miqdorini pasaytiruvchi va boshqa holatlarda foydalaniladi.
Ilmiy nomi: Yams ( Dioscorea nipponica  Makino) xalq tilida "Dioskoreya" yoki "Yams" deb ataladi.
Xom ashyosi: Ildizpoyasi (Rhizoma cum radicibus Dioscoreae nipponicae)
Shifobaxsh xususiyatlari:
Ayollar gormonal muvozanatini tartibga solish: Dioskoreya fitoestrogenlarning tabiiy manbai sifatida hayz siklini tartibga solish va klimaks belgilarini yengillashtirishda yordam beradi.
Qon bosimini pasaytirish: Arterial bosimni pasaytirishga yordam beradigan xususiyatlarga ega.
Xolesterinni pasaytirish: Yams xolesterinning ichaklarda so‘rilishini kamaytirishga va uning qondagi miqdorini pasaytirishga yordam beradi.
Sog‘lom ovqatlanish: Yamsning oziq-ovqatda qo‘llanilishi umumiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi.
Qanday ishlatiladi?
Ildizpoyasidan qaynatma tayyorlab so'ng iste'mol qilinadi.
Tropik mintaqalarda oziq- ovqat tarkibiga qóshib, iste' mol qilinadi.
Eslatma: Yams o'simligini saqlovchi preparatlar qollanilganda, o'simlikning ildizpoyasi qo'llanilganda yuqori sezgirlik kuzatilsa qo’llash darxol to'xtatilishi shart.
Yosh bolalariga, emizikli ayollarga va homiladorlikda qóllash tavsiya etilmaydi.

TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi dotsenti D.Berdibayeva, Tayanch doktorant G.Atabayeva

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.