logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA ZAMONAVIY QISHLOQ XO‘JALIGI ILMIY TENDENSIYALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

view 155

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy forum yuqori ilmiy saviya va mazmun-mohiyat bilan davom etmoqda. Mazkur anjuman xalqaro miqyosda olib borilayotgan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar, ularning natijalari hamda amaliy qo‘llanilishi yuzasidan ochiq muloqot maydoniga aylangan. Qishloq xo‘jaligi sohasida ilm, tajriba va innovatsiyalar integratsiyasi orqali barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Forum doirasida olimlar va mutaxassislar quyidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda:
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash,
Biologik xavfsizlikni ta’minlash,
Kasalliklar va iqlim o‘zgarishlariga chidamli nav va urug‘lar ustida ilmiy izlanishlar,
Yangi innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish.
Forumning ilk ma’ruzasi Shimoliy-G‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti professori, akademik Kang Zhensheng tomonidan taqdim etildi. U “Qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda o‘rmonlarning yashil nazorati” mavzusida so‘z yuritib, xalqaro tajribalar asosida muhim tahlillarni ishtirokchilarga yetkazdi.

Xalqaro ilmiy hamkorlik qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda! Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring!

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.