logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“YANGI AGRONOM” TIZIMI MIRZACHO‘L DALALARIDA: ILM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

view 20

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan joriy etilgan “Yangi agronom” tizimi qishloq xo‘jaligi ta’limida inqilobiy bosqichni boshlab berdi. Mazkur tizimning navbatdagi manzili — Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani bo‘ldi.
Universitet ishchi guruhi va talabalar Mirzacho‘l agroklasteriga qarashli “Nasiba Muxlisa” fermer xo‘jaligida bo‘lib, chigit ekishning eng zamonaviy va innovatsion usullarini bevosita dala sharoitida o‘rgandilar. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar nafaqat kuzatuvchi, balki jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishdi. Xususan: “Shinjon” usuli: 84 gektar maydonda 76×10 sxema asosida chigitni qo‘shqatorlab ekish jarayoni talabalar ishtirokida amalga oshirildi; Zamonaviy texnika: Ekish jarayonida yuqori aniqlikdagi seyalkalardan foydalanilib, samaradorlik tahlil qilindi;
Suv tejovchi texnologiya: Ekishning tomchilatib sug‘orish tizimi bilan integratsiya qilingani suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha yangi tajriba bo‘ldi.
Talabalar mashg’ulot davomida Mirzacho‘l innovatsion qishloq xo‘jaligi "Azamat maktabi" faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

“Yangi agronom” tizimi talabalarning auditoriyada olgan nazariy bilimlarini daladagi real amaliyot bilan mustahkamlab, ularni zamonaviy qishloq xo‘jaligining haqiqiy egalari sifatida tayyorlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.