logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yangi agronom” tizimini joriy etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

view 273

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i T. Atakulov hamda Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev boshchiligidagi ishchi guruh Mirzacho‘l innovatsion qishloq xo‘jaligi “Azamat” maktabiga amaliy jarayon o’tkazildi. Safar davomida ishchi guruh maktabda olib borilayotgan qurilish ishlarining yakuniy bosqichi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quv-laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu maktabda respublika bo‘yicha 1 ming nafar fermer cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Amaliy jarayon doirasida, shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti ishtirokida amalga oshirilayotgan “Yangi agronom” tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi. Mazkur tizim orqali yosh mutaxassislarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan bunday tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi qishloq xo‘jaligi sohasida malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.