Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yuqori shiddat va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Mazkur nufuzli sport tadbirida Toshkent davlat agrar universiteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, yengil atletika (yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash), basketbol 3x3 hamda suzish yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Universitetimiz jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zooinjeneriya fakulteti hamda Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va yuzga yaqin faol talabalar sport maydonlarida jam bo‘lib, sportchilarga motivatsiya bag‘ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichida 79 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etayotgan ushbu olimpiadada Toshkent davlat agrar universiteti sportchi-talabalari ham munosib ishtirok etmoqda.
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” nafaqat sport musobaqasi, balki talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik va g‘alabaga intilish ruhini yanada mustahkamlovchi muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
💚 Biz g‘alaba sari birgamiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:





