logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

view 37

Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlov festivalining hududiy bosqichi yuqori saviyada bo'lib o'tdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar insholar, rassomchilik, videorolik hamda teatrlashtirilgan sahna asarlari yo‘nalishlarida o‘z bilim, iste’dod va ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar. Unda Toshkent viloyatidagi 13 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari faol ishtirok etib, giyohvandlikka qarshi kurash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar ongida zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chiqishlar bilan qatnashdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari xolisona baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi.
Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalarni ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda final bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.