favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Yoshlar inovatsion markazi: bo’lajak olimlar maskani

view 34

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi qoshida tashkil etilgan “Yoshlar immovatsion markazi” yurtimizda navqiron avlodga yaratilayotgan e’tiborning yaqqol namunasidir. Mazkur markaz yoshlarga Start-up va IT yo’nalishidagi loyihalarni yaratish, ta’limiy dasturlar, seminarlar va treninglar tashkil etish, amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini olib borish, fermer xo’jaliklari bilan hamkorlikda amaliyot tashkil etish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bir so’z bilan aytganda esa ushbu maskan barqaror qishloq xo’jaligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion g’oya va loyihalarni shakllantirish, ularni hayotga tadbiq etish maqsadidagi iqtidorli talaba yoshlarni qo’llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, markaz tarbiyalanuvchilari Toshkent davlat agrar universitetining malakali professor-o’qituvchilaridan saboq olib, bilim-ko’nikmalarini oshirish imkoniga ega bo’ladi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu markaz Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o’tishini qo’llab-quvvatlash va iqlimga yo’naltirilgan qishloq xo’jaligi bilimlari va innovatsion tizimlarini rivojlantirish (EU-ARGIN)” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.