Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev Toshkent davlat agrar universiteti talabalari bilan uchrashuvi davomida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati va guruh a’zolarining takliflari bilan qizziqqan edi. Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi va “Qalqon” guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Bahriddin Valiyev tashabbusi bilan “Qalqon” jamoatchilik guruhi uchun skuterlar ajratildi.
Ushbu jarayon doirasida Qibray tumani prokurori o‘rinbosari F.Aliyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari A.Turg‘unov bilan birgalikda skuterlar universitet jamoasiga tantanali ravishda topshirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






