2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi natijasida, Toshkent davlat agrar universitetining 1 nafar iqtidorli talabasi Islom Karimov stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Ne’matov Nursulton Shavkat o‘g‘li — Agroiqtisodiyot logistika va xizmatlar fakulteti talabasi Ushbu yutuq – talabalarning tinimsiz izlanishi, ilmga bo‘lgan chanqoqligi va universitetimizda yaratilgan sifatli ta’lim muhiti natijasidir. Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lish – nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki universitet jamoasi uchun ham katta faxr va mas’uliyatdir.
Universitet rahbariyati nomidan g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz !
Ijtimoiy tarmoqlar:

