2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi natijasida, Toshkent davlat agrar universitetining 2 nafar iqtidorli talabalari Prezident stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
F.Nurmetova O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni magistratura bosqichi magistranti
I.Abdurahimov Zooinjeneriya fakulteti magistratura bosqichi magistranti
Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lish – nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki universitet jamoasi uchun ham katta faxr va mas’uliyatdir.
Universitet rahbariyati nomidan g‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz, ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz !
Ijtimoiy tarmoqlar:

