logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!”

view 21

Xabaringiz bor, 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida ham obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Kecha va bugun universitet hududi va o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar hamjihatligida ariq-ovurlar tozalanib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Hududlar chiqindilardan tozalanib, bahorgi gul ko‘chatlarini ekishga tayyor holga keltirildi.
Hashar — bu birdamlik va mehr-oqibat ramzi. Toshkent davlat agrar universitetida bunday tashabbuslar har doim faol qo‘llab-quvvatlanadi. Natijada universitetimiz hududi bahorning ilk kunlaridanoq yanada ko‘rkam va fayzli maskanga aylanmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.