logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Za’faron» ko’zlarga quvvat, ko’ngilga taskin beruvchi bebaho ne’mat!”

view 140

Dorivorligi: Ekma za’faron (Crocus sativus L.) dunyoda qadimdan eng qimmatbaho dorivor va ziravor o‘simliklardan biri sifatida tanilgan. O‘simlik o‘zining kuchli ifori va shifobaxsh xususiyatlari tufayli qadimdan xalq tabobatida, asab, yurak, hazm qilish va ko‘rish tizimi a’zolari hamda ayollar salomatligi bilan bog‘liq muammolarda keng qo‘llanilgan. Ushbu o‘simlikning xom ashyosi tinchlantiruvchi, immunitetni oshiriruvchi, qon aylanish, hazm qilish va ko‘rishni yaxshilovchi, hamda yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi. Uning xom ashyosi tarkibida safranal (o‘ziga xos hid beruvchi va tinchlantiruvchi xususiyatli biofaol modda), pikrokrosin (achchiq ta’m beruvchi biofaol modda), karotinoidlar (krosin, krosetin-kuchli antioksidantlar), flavonoidlar, vitaminlar (vitamin C), minerallar (temir, marganes, kaliy). Shuningdek, za’faron tarkibidagi biofaol moddalar organizmdagi erkin radikallarni zararsizlantirish, hujayralar yangilanishi va qon aylanishini yaxshilanishida muhm ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy nomi: Ekma za’faron (Crocus sativus L.), xalq tilida, “Za’faron”, “Shafran”, “Saffron” deb ataladi.
Xom ashyosi: Za’faron urug‘chi gulining tumshuqchalari - Stigma Croci
Shifobaxsh xususiyatlari:
- Asab tizimini tinchlantiradi, depressiyani kamaytiradi;
- Uyquni yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi;
- Yurak faoliyatini mustahkamlaydi;
- Qon aylanishini faollashtiradi va qon bosimini me’yorga keltiradi;
- Qon tozalovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega;
- Ayollarda hayz davrini me’yorga soladi;
- Ko‘z nurini yaxshilaydi, ko‘rish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, organizmni erkin radikallardan tozalaydi;
- Imunitetni mustahkamlab, yallig‘lanish kasalliklariga qarshi kurashadi.
Qanday ishlatiladi:
- O‘simlikni urug‘chi gul tumshuqchalari fitochoy sifatida damlab iste’mol qilinadi;
- Damlama holida istemol qilinadi (me’yorda qabul qilinishi tinchlantirib, jismoniy va ruhiy holatni tiklaydi).
- Kukun holidagi ovqatlarga ziravor sifatida, dori vositalariga esa ta’sir kuchaytiruvchi komponent sifatida qo‘shilishi mumkin;
- Zamonaviy farmatsevtikada o‘simlik ekstrakti biologik faol qo‘shimcha (BFQ) va dori vositasi (kapsula) shaklida ishlatiladi.
Eslatma:
- Za’faron xom ashyosidan tayyorlangan fitomahsulotlar kuchli biofaol moddalarni o‘z ichiga olgani sababli uni me’yordan ortiq iste’mol qilish mumkin emas.
- Homilador ayollar shifokor tavsiyasiga ko‘ra foydalanishlari lozim.
- Gipotaniya (past qon bosim) va allergiyaga moyil insonlar hamda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
Muallif: TDAU “Dorivor o‘simliklar” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori B.Y.Tuxtayev

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.