logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Zamin bilan tutash taqdirlar” — Toshkent davlat agrar universiteti tarixiga bag‘ishlangan yangi asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

view 214

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan universitetning boy va sermazmun tarixiga bag‘ishlangan “Zaminga tutash taqdirlar” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida shunday dedi: “Bu asar oltin avlod vakillari uchun yangi manba bo‘ladi. Unda Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yo‘li, fidokor olimlar, ilm yo‘lini tanlagan shogirdlar taqdiri va ularning yutuqlari aks etgan. Shubhasiz, bu — universitet tarixining bebaho sahifasidir.” Mazkur tadbirda yozuvchi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, "Shuhrat "medali," Mehnat shuhrati" ordeni sohibi A. Ko'chimov, shoir va tarjimon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi ,Xalqaro Amir Temur jamg‘arma raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Muhammad Ali, "Guliston" jurnalining bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, "Mehnat shuhrati", "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi M.Hazratqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Salim Ashur, Toshkent davlat agrar o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori N. Jabborov, “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Ch. Latipov, Nuroniylar kengashi raisi, professor X. Sheraliyev universitet professor o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Taqdimot chog‘ida Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov so‘zga chiqib, shunday dedi: “Bu kitob — sharaf va ilhom manbai. Mehr bilan daraxtga qaralsagina u meva beradi. Xuddi shuningdek, universitet tarixiga e’tibor bersak, u ham kelajakda boy samara beradi.” Shuningdek, u o‘z so‘zida quyidagicha fikr bildirdi: “Erkin Turdiyevich Shayxov aytganidek, ishonamanki, bu universitet kelajakda xalqaro darajada tan olinadigan yetakchi oliygohlar qatoriga qo‘shiladi. Bugun bu so‘zlar o‘z isbotini topmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.” Tadbir yakunida Muhammad Ali tomonidan universitetga “Amir Temur va Temuriylar davri siymolari”, “Al-Zafariya (Zafarnoma)” nomli asarlar hamda Salim Ashur O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 100 dan ortiq kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu asarlar universitet Axborot-resurs markazi fondini yanada boyitdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Salim Ashur tadbir so‘ngida shunday dedi: “Aziz talaba-yoshlar! Ilm va fan bayrami — Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan universitet rektori va butun jamoasiga kuch-g‘ayrat, yuksak muvaffaqiyat va yangi ijodiy yutuqlar tilayman. Bu kitob — ma’naviyat va ilm ramzi sifatida sizlarga ilhom bag‘ishlasin.”
Tadbir yakunida universitetimiz rektori N. Oblomuradov tomonidan faxriy ustozlar yodga olindi. Shuningdek, ish jarayonlarida faol ishtirok etgan shtab a’zolariga alohida e’tirof bildirildi. Bu ”Zaminga tutash taqdirlar” asari universitetning 95 yillik tarixiga bag‘ishlangan bebaho tuhfa va esda qoladigan yodgorlik bo‘lib qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.