Toshkent davlat agrar universitetining ikki nafar tayanch doktoranti 2025/2026-o‘quv yili uchun YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining “Buyuk Devor” stipendiyasi tanlovida g‘olib bo‘ldi. 06.02.04 – “Ipakchilik” ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch doktoranti (PhD) Xaqnazarova Umida Ural qizi – Xitoy Xalq Respublikasidagi Anhui qishloq xo‘jaligi universitetida stajirovka o‘taydi. 06.01.11 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti (PhD) Turg‘unov Azizbek Normat o‘g‘li – Xitoy Xalq Respublikasidagi Shimoliy-G‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universitetida stajirovka o‘taydi. Mazkur yutuqni Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va ilmiy salohiyatini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi navbatdagi yirik qadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
TDAU tayanch doktorantlari YUNESKO va XXR “Buyuk Devor” stipendiyasi g‘olibiga aylandi
13 Avgust 2025
