logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Kelajak yetuk kadrlarining maskani – TDAUda yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

view 176

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan universitetimizda 4 qavatli zamonaviy o‘quv binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. 1350 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskan nafaqat talabalarga, balki butun agrar sohaga xizmat qiladigan bilimlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yangi o‘quv binosida 8 ta zamonaviy laboratoriya, 8 ta keng qamrovli ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-o‘qituvchilar uchun alohida xonalar, fakultet dekanatlari va yordamchi bo‘limlar joylashgan. Endilikda mazkur binoda “O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni” hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakultetlari faoliyat olib boradi. Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashda zamonaviy sharoitlarning muhim ahamiyatini ta’kidlab, shunday dedi:
“Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida yosh kadrlar eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ularning bilimni chuqurroq egallashi uchun bunday zamonaviy o‘quv maskanlari barpo etilayotgani — davlatimiz e’tiborining yorqin ifodasidir.” Shuningdek, vazir TDAUning xalqaro hamkorlikdagi yutuqlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Xitoy bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar tobora kengayib, o‘zaro tajriba almashish jarayonlari samarali davom etayotgani qayd etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar yangi binodagi qulayliklar, zamonaviy jihozlar va shinam xonalar bilan yaqindan tanishib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadilar. Ushbu muhim voqea TDAU moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayonini yuqori bosqichga ko‘tarish va talabalarga xalqaro standartlarga mos sharoitlarda ta’lim olish imkonini berishga xizmat qiladi. Endilikda bu maskan TDAUda agrar sohaga zamonaviy bilimli, tashabbuskor va yetuk mutaxassislarni tayyorlab beruvchi haqiqiy bilim dargohiga aylanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.