Belarus Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Belarus ayollar biznes foromining uchinchi biznes-forumida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva hamda hukumat vakillari boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Toshkent davlat agrar universiteti ham ishtirok etdi. Forumning 5-seksiya yig‘ilishida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasi mudiri N. Narkabulova nutq so‘zlab, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini bildirdi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda kelgusida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Belarus bug‘doy, kartoshkachilik, shuningdek, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida dunyoning ilg‘or davlatlaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Shuningdek o'qing


