Joriy yilning 9–11-sentabr kunlari FAO tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro forumda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, hukumat delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar, ilm-fan va innovatsiya sohasi mutaxassislari qatnashdi. Forum doirasida universitetimiz rektori FAO Bosh direktorining yordamchisi, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Viorel Gutu bilan uchrashdi.
Tadbirda yashil qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribalar, hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlari, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish, barqaror oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashuv va biologik xilma-xillikni saqlash masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



