logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Hindistonning MRI Publication nashriyoti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

view 189

Toshkent davlat agrar universitetida Hindistonning nufuzli MRI Publication Pvt. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda kompaniya direktori Dr. Pradeep Kumar Tiwari ishtirok etdi. Uchrashuvda universitet va kompaniya o‘rtasida ilmiy nashrlar sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, universitet ilmiy jurnallarini xalqaro bazalarda indeksatsiya qilish, maqolalarni tahrirlash va plagiat tekshiruvini yo‘lga qo‘yish, yosh olimlar uchun maqola chop etish imkoniyatlarini kengaytirish, DOI berish hamda OJS platformasini joriy etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar hamda treninglar tashkil etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, MRI Publication kompaniyasi universitetning xalqaro nufuzini oshirish va ilmiy tadqiqotlarini keng jamoatchilikka yetkazishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.