Toshkent davlat agrar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida „Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zoligiga qo‘shilish istagidagi talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Lapasov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muxriddin Xamzayev, Universitet rektori maslahatchisi O.Navruzov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S.Isroilov, Universitet Yoshlar yetakchisi S.Muhammadaminov hamda Profilaktika inspektori R.Maxmudovlar Ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar talabalarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga, huquqiy savodxonlikni oshirishga va sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga chorlab, ularga iliq tilaklar bildirdilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol talabalar „Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul qilindilar. Toshkent davlat agrar universitetida talabalar faolligi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish bizning doimiy e’tiborimizda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


