logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyiga bag‘ishlab “Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali davom etmoqda – bu safar Zarkentda

view 239

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyiga bag‘ishlab “Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali o‘tkazilmoqda. Festival doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi, akademik Ashur Muhammad hamda universitetimizning iqtidorli talabalari Toshkent viloyati Zarkent tumaniga tashrif buyurib, tabiiy manzaralarda rasm ishlashdi. Festival 18–28-sentyabr kunlari davom etadi. Shu davr mobaynida ijodkorlar yurtimizning diqqatga sazovor tabiiy maskanlarida bo‘lib, yangi asarlar yaratishlari rejalashtirilgan.

Mazkur san’at festivali yosh ijodkorlar uchun o‘z iste’dodini namoyon etish, tajribali rassomlardan saboq olish hamda milliy va xalqaro ijodiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.