O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ–5148-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2021-yil 16-sentabrdagi 01/1505-A/F-sonli buyrug‘iga muvofiq 20-sentabr kuni Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda ta’lim va sport sohalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, yoshlar yetakchilari bilan bir qatorda Toshkent davlat agrar universiteti Birinchi Prorektori J.Lapasov ham faol ishtirok etdi. Universitetimizning faol talabalaridan 5 nafari "Ko'krak nishonlari" hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Ushbu marosim nafaqat talabalarning sport sohasidagi yutuqlarini e’tirof etish, balki yoshlarda sog‘lom hayot tarzini qaror toptirish, ularni muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga undash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim qadamlardan biri sifatida tarixda o‘z o‘rnini egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



