Universitetimiz sport kompleksi atrofi va stadion yonidagi yo‘laklarda joylashgan manzarali daraxtlarga zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy ishlov berildi, shuningdek, ularning o‘sishi va yashnab turishini ta’minlash maqsadida maxsus oziqlantiruvchi preparatlar sepildi.
Bu jarayon O‘simliklar himoyasi va karantini kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari tomonidan amalga oshirildi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli daraxtlarning sog‘lom o‘sishi, uzoq umr ko‘rishi va atrof-muhitga yanada go‘zallik bag‘ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


