logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyiga bag‘ishlab “Oltin kuz” Xalqaro agro-tasviriy va amaliy san’at festivali davom etmoqda – bu safar Samarqandda !

view 189

Samarqand viloyati Urgut tumani Gavsuli Aʼzam hamda Chor Chinor Ziyoratgohlarida tashkil etilgan plenerda yoshlar tabiatning betakror go‘zalligi, qadimiy maskanlarning ma’naviy ruhi hamda kuz faslining rang-barang manzaralaridan ilhom olib, o‘z ijod namunalarini yaratishdi. Bunday ijodiy tadbirlar nafaqat yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqish va estetik didni shakllantiradi, balki ularning milliy qadriyatlarimiz, tabiatimiz va boy madaniy merosimizga mehrini yanada mustahkamlaydi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tishimiz kerakki ushbu Xalqaro "Oltin kuz" agro-tasviriy va amaliy san’at festivali 27-sentabrgacha davom etadi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.