Toshkent davlat agrar universitetida yangi tashkil etilgan “AgroEcoClub” o‘z faoliyatini boshlab, dastlabki tadbirlarini o‘tkazdi. Klub rahbari N.Yoqubjonova boshchiligida talabalar o‘rtasida “Iqlim o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda talabalar global iqlim o‘zgarishining oqibatlari va uning qishloq xo‘jaligiga ta’siri yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, klub mas’uli Sh. Valieva rahbarligida klub liderlari va talabalar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, talabalarni klub faoliyatiga jalb qilish maqsadida tanishtiruv va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
“AgroEcoClub” talabalarda ekologik bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni chuqur o‘rganish hamda yoshlarni ekologik tashabbuslarga faol jalb etishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


