2025-yil 13-apreldan 13-oktabrgacha Yaponiyaning Osaka shahrida har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan “Expo-2025” Butunjahon ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi nufuzli tadbirda 158 ta mamlakat va 7 ta xalqaro tashkilot o‘z pavilyonlari bilan ishtirok etmoqda. O‘zbekiston pavilyoni ham xalqaro maydonda keng e’tibor qozonmoqda. Ayniqsa, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillari orasida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ham faol ishtirok etayotgani biz uchun katta sharafdir. Expo-2025 asosiy yo‘nalishlari innovatsion texnologiyalar – sun’iy intellekt, robotika, tibbiyot yangiliklari, genetik tadqiqotlar, biotexnologiyalar, barqaror rivojlanish va yashil energiya – muqobil energiya manbalari, ekologik yechimlar, energiya tejovchi texnologiyalar, kelajak shaharlari – “Smart City” konsepsiyalari va yangi infratuzilmalar hamda madaniy almashinuv – san’at, meros va milliy arxitektura yutuqlari.
2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, Expo’ga tashrif buyurganlar soni 36 million kishiga yetdi. Avgust oyida esa bir kunda 200 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi kelgani bilan rekord o‘rnatildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


