Hafta davomida universitetimizda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil etildi. Xususan Talabalar turar joylarida volleybol musobaqalari o‘tkazilib, talabalar sog‘lom turmush tarziga amal qilishmoqda. 1-bosqich talabalari Axborot-resurs markaziga a’zo bo‘lib, kitobxonlikka qiziqishlari ortmoqda. Fakultetlarda tashkil qilingan “Motivatsion uchrashuv”larda Mas'ullar tomonidan Germaniyada amaliyot òtayotgan xorijiy talabalar hayoti va til kurslari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, yoshlarning bilimga bòlgan qiziqishlari yanada ortmoqda. 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Kuzgi zakovat turniri” qizģin start oldi.
Fakultetlarda talaba qizlar òrtasida òtkazilgan “Milliy liboslar jilosi” tadbirlari esa talabalar qalbida milliy qadriyatlarni yanada yuksaltirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


