Toshkent davlat agrar universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida o‘quv kurslari va seminar-treninglar boshlandi.
O'quv semenarni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda rektor maslahatchisi O. Navro‘zov, universitet Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi G.Shodmonova, Xotin qizlar psixologi, fakultetlardagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari shuningdek talaba yoshlar ishtirok etishdi.O'quv semenar davomida profilaktika inspektorlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tadbir davomida universitet Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi G. Shodmonova “O‘zbekistonda oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid davlat siyosati” mavzusida ma’ruza qildi. Treninglar davomida oila institutini rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, farzand tarbiyasida ota-onalik mas’uliyati, erta nikohning salbiy oqibatlari, oilaviy qadriyatlar va zo‘ravonlikka qarshi kurash kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
Seminar-treninglar 16-oktabrgacha davom etadi. Dastur yakunida o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



