logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi „Green Tech Hackathon” tanlovida g’olib bo’lib, Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

view 83

InnoWeek doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida U-Enter markazida o‘tkazilgan „Green Tech Hackathon” tanlovida Toshkent davlat agrar universiteti „Zooinjeneriya” fakulteti 3-bosqich talabasi Xo‘jabekov Shaxriddin ishtirok etgan Oxi.ART jamoasi o‘zining „Digital Forest” loyihasi bilan yuqori natijalarga erishdi. Tanlovda jamoalarga ekologiya bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 3 kun davomida 10 ta jamoa mahalliy va xalqaro mentorlar ko‘magida „yashil” texnologiyalar sohasida innovatsion loyihalar ustida ishladi. „Digital Forest” loyihasi orqali Oxi.ART jamoasi o‘rmon resurslarini raqamlashtirish va ekologik monitoringni samarali yo‘lga qo‘yish g‘oyasini ilgari surdi. Shuningdek, Xo‘jabekov Shaxriddin ijodkorligi, aniq natijalari va taqdimot mahorati bilan ajralib turib, tanlovda birinchi o‘rinni egalladi va Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.