Toshkent davlat agrar universitetida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida mas’ul xodimlar, fakultet dekanlari hamda “Toshkent Haqiqatı” gazetasi tahririyati vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Gazeta ko‘p yillardan buyon eng ishonchli axborot manbalaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarga dolzarb ma’lumotlar yetkazib kelmoqda. Gazetani muntazam o‘qish yangiliklardan tezkor xabardor bo‘lish, so‘z boyligini oshirish, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Uchrashuv davomida universitetga “Toshkent Haqiqatı” gazetasi bo‘lim mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist T.Hasanboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yozuvchi M.Bo‘ranov, yosh ijodkor B.Nurboboyev hamda gazeta tahririyati vakili M.Ibragimov tashrif buyurdi. Mehmonlar gazeta faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar va obuna jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

