logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida yangi “RENESSANS” ma’ruza zallari majmuasi ochildi!

view 160

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan zamonaviy “RENESSANS” ma’ruza zallari majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor N. Oblomuradov kirish so‘zi bilan ochdi. O‘z nutqida u “RENESSANS” majmuasi nafaqat ilm maskanining infratuzilmasini boyitishini, balki talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Rossiya davlat agrar universiteti – K.A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, akademik Vladimir Ivanovich Truxachev hamda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi fanlari milliy akademiyasi prezidenti T.Yesbolovlar so‘zga chiqib, o‘z samimiy tilaklarini bildirdi. Tadbirda xorijiy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.