logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida MDH Agrar oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashining davlatlararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

view 304

Toshkent davlat agrar universitetida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Agrar oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashining navbatdagi davlatlararo yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Qozog‘iston Milliy agrar fanlar akademiyasi prezidenti, professor Tlektes Yespolov ishtirokchilarga axborot berdi. Yig‘ilish offlayn va Zoom platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi. Uchrashuvda ta’lim va ilmiy faoliyat sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, MDH davlatlari agrar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda fakultet va kafedralar kesimida hamkorlik tarmoqlarini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar ta’lim jarayoniga innovatsion dasturlarni joriy etish, raqamlashtirilgan o‘quv texnologiyalarini keng tatbiq qilish hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdilar. O’zaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo’shma o’quv va ilmiy dasturlarni amalga oshirish, yosh olimlar hamda talabalar almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida Rossiya davlat agrar universiteti – K.A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, professor Vladimir Truxachyov MDH Agrar oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi raisi etib saylandi. Kengash raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Oblomuradov Narzullo Naimovich tasdiqlandi. Tadbir yakunida MDH agrar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida davlatlararo hamkorlik, ilmiy almashuv va innovatsion integratsiyani yanada chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarga erishildi.

Социальные сети :

Также читайте:

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.