Toshkent davlat agrar universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun muhim va ahamiyatli uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi — yoshlar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning rejalari va takliflarini eshitish, shuningdek, bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida mehnat bozori talablari, ishga joylashish jarayonidagi zarur ko‘nikmalar, universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik, bitiruvchilar uchun mavjud imkoniyatlar kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlar uchun kelajakni ongli rejalashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kasbiy yo‘nalishda to‘g‘ri qaror qabul qilishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


