Toshkent davlat agrar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti G.Tillaeva tashabbusi bilan Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirokida xalqaro uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Belarus Davlat universiteti Biologiya fakulteti Genetika kafedrasi molekulyar genetika va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi I.Feklistova hamda Belarus Davlat texnologiya universitetining o‘rmon ekinlari va tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi V.Nosnikov ishtirok etdilar. Uchrashuv TDAU axborot-resurs markaziga tashrif bilan boshlandi. Tadbirda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent O.A. Ostonov, kafedra dotsentlari va assistentlari, shuningdek “Veterinariya medisinasi” hamda “Agrobiznesni boshqarish va logistika” kafedralaridan professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:

