logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan 25-noyabrdan 10-dekabrgacha davom etadigan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Zo‘ravonliksiz hayot-har bir ayolning huquqi” mavzusidagidavra suhbati o’tkazildi

view 207

Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov ochib berdi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, raqamli zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlik holatlarida murojaat mexanizmlaridan foydalanish, shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi”ning Oilada huquqiy madaniyatni oshirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘limi etakchi mutaxassisi N. Normuxamedova, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Z. Mamatqulovna ishtirok etdi.

Tadbir davomida talaba-qizlar uchun profilaktik ma’lumotlar berildi, raqamli makonda uchrash mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, ulardan himoyalanish yo‘llari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi G. Shodmonova mavzu yuzasidan ma’lumot berib, talabalarga foydali tavsiyalarni taqdim etdi. Tadbir yakunida universitet rahbaryati tomonidan faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.