Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich tayanch doktoranti Sh.Hoshimova yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, Turkiyaning “Balikesir” universitetida malaka oshirdi. Stajirovka davomida u Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Arnasoy, Do‘stlik va Sharof Rashidov tumanlarida keng maydonlarda yetishtiriladigan qovunlarni chiqitsiz qayta ishlash yo‘nalishida amaliy izlanishlar olib bordi. Tadqiqotlar natijasida qovundan tabiiy marmelad ishlab chiqarishning samarali texnologiyasi yaratildi. Tajriba jarayonida Turkiyaning Kirkagach, Dolaman va Yerlik qovun navlari O‘zbekistonning Ko‘kcha, Qirqma va Kampir navlari bilan solishtirilib, qimmatli ilmiy ma’lumotlar olindi. Shuningdek, olima Turkiyaning Manisa shahridagi yirik omborlarda qovunni uzoq muddat saqlash texnologiyalari bilan tanishdi.
Sh.Hoshimova olib borgan ilmiy izlanishlari asosida laboratoriya tahlillari, solishtirma natijalar va amaliy tajribalarni jamlagan holda ilmiy maqola ustida ishlamoqda. Ushbu maqola 2026-yilda chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, SCOPUS bazasiga kiritilgan xalqaro jurnallardan biriga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


