logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Yevropa Ittifoqi qoshidagi EU ASK Facility hamkorligida o‘quv kursi tashkil etildi

view 125

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Yevropa Ittifoqi qoshidagi EU ASK Facility bilan hamkorlikda o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursiga Fransiyadan taklif etilgan tajribali xalqaro ekspert Frederic MENS rahbarlik qildi. Kursning asosiy maqsadi xalqaro ilg‘or tajriba va innovatsion yondashuvlar asosida mutaxassislarning malakasini oshirish, sanitariya-epidemiologiya hamda jamoat salomatligi sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. O‘quv dasturi doirasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan GHP, GMP va HACCP tizimlarini amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda EU ASK Facility tashkiloti tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.