logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida ingliz tili fanidan olimpiadaning I bosqichi bo‘lib o‘tdi

view 212

Toshkent davlat agrar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan ingliz tili fanidan olimpiadaning I bosqichi tashkil etildi. Olimpiada kafedra mudiri U. Abdullayeva boshchiligida hamda o‘qituvchilar D. Azizova, D. Ro‘zibayeva, F. Isanova, M. Taxirova ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar faol qatnashib, ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Olimpiadaning asosiy maqsadi — talabalarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli yoshlarni aniqlashdan iborat.

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan ishtirokchilar olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.