logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Lapasov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

view 221

Yig‘ilish davomida universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalar xavfsizligini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi. Kun tartibidan talabalarni qishki ta’tilga jo‘natish jarayonini belgilangan tartib asosida tashkil etish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish, qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport hamda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Shuningdek, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarining holatini nazoratdan o‘tkazish, 2026-yilda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, giyohvandlikka qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish, talabalar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanish qamrovini oshirish hamda respublika miqyosidagi tanlovlarda sovrindor talabalar sonini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.