Toshkent davlat agrar universitetida Fan olimpiadasi tanlovining 1-bosqichi — kafedralar bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu bosqichda universitetning 28 ta kafedrasidan mutaxassislik va yo‘nalishlar kesimida 300 nafarga yaqin talaba faol ishtirok etdi. Talabalar O‘zbekiston tarixi, Xorijiy til, Axborot texnologiyalari hamda Startap loyihalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-bosqich g‘olibi bo‘lgan 84 nafar iqtidorli talaba kafedralar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur bosqich g‘oliblari 2026-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan 2-bosqich — “Dekan kubogi” uchun bellashadilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:



