logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti òquv-ilmiy tajriba xòjaligida Mango òsimligi uruģidan yetishtirildi

view 225

Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida seleksioner olim, professor M. Faxriddinov tomonidan mango (Mangifera indica) o‘simligi urug‘dan yetishtirilib, O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan holda muvaffaqiyatli parvarish qilindi. Professor tomonidan mango o‘simligini parvarish qilish, iqlimga moslashuvi hamda mevaning pishib yetilish davri bo‘yicha batafsil ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Mango issiqsevar subtropik o‘simlik bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida: Issiq va quyoshli hududlarda, shamoldan himoyalangan maydonlarda, asosan ochiq maydon yoki issiqxona sharoitida yetishtirish tavsiya etiladi. Urug‘dan ko‘chat yetishtirish mumkin. Yengil, unumdor va yaxshi drenajlangan tuproq talab etiladi. Ko‘chatlar dastlab sovuqdan himoyalangan sharoitda parvarish qilinadi. Tuproq pH: 5,5–7,5 Quyosh nuri kuniga kamida 8–10 soat bólishi kerak.

Vegetatsiya davrida me’yorida Tuproq botqoqlanib ketmasligi shart! Bahorda azotli o‘g‘itlar Gullash va meva bog‘lash davrida fosfor-kaliyli o‘g‘itlar tavsiya etiladi. Mango sovuqqa sezgir òsimlik hisoblanadi. Qishda o‘simlik maxsus yopma materiallar bilan himoyalanadi. -2°C dan past haroratda zarar ko‘rishi mumkin. Zararkunandalarga qarshi muntazam kuzatuv olib borish zarur. Mevaning pishib yetilish davri O‘zbekiston iqlimida mango Iyul – sentabr oylarida pishib yetiladi. To‘liq moslashgan o‘simliklar 2–3 yildan so‘ng hosil bera boshlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.