Toshkent davlat agrar universitetida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” respublika festivalining 2-hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent davlat transport universiteti talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.
Festival davomida talaba teatr studiyalari tomonidan sahnalashtirilgan ijodiy chiqishlar, sahna madaniyati va badiiy mahorat namoyish etildi. Tadbir yoshlar orasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi. Teatr barchaga a'lo kayfiyat baģishladi. Festival g‘oliblari keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Natijalarga kòra Toshkent davlat transport universiteti 1-òrin, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 2-òrin, Toshkent farmatsevtika instituti faxrli 3-òrinni egallashdi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilab, keyingi bosqichga òtgan jamoalarga keyingi ģoliblikni tilab qolamiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:




