Toshkent davlat agrar universitetining “Renessans” ma’ruza zallari majmuasida O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti tashabbusi bilan “Buyuk ajdodlar yodi” shiori ostida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm gulshani” adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshlig‘i S. Isroilov ochib berdi. Kechaning mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Do‘stlik ordeni hamda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni sohibi Bobur Bobomurod bo‘ldi.
Tadbir davomida Bobur Bobomurod talaba-yoshlar bilan ijodiy muloqot olib bordi, o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi. Kecha mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan hurmat, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat hamda yoshlar qalbida she’riyatga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



