Mazkur tadbirda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Namoyish davomida ishtirokchilar xalqimizning ma’rifatparvar ajdodlari — jadidlarning hayoti, ularning millat ravnaqi yo‘lidagi jasorati, fidoyiligi va qat’iyati aks etgan tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishdilar.
Film mazmuni talaba-yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash, ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Tadbir yakunida esa film yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, jadidlar faoliyatining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

