logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetida buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan“Navoiy — millat g‘ururi, ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

view 22

Tadbirga Agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi dotsentlari G. Abdalova va B. To‘xtashev, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z. Xudayorov hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Alisher Navoiy bobomizning boy ijodi, ibratli hayoti va bebaho ma’naviy merosi haqida so‘z yuritildi. She’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Faol ishtirok etgan talabalar dekanat tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.