Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Mazmunli ta’til” loyihasi doirasidagi seminar tashkil etildi. Tadbirni universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi S. Muhammadaminov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, talabalarni nafaqat universitet, balki barcha Respublika doirasidagi tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirib, bu kabi intellektual o‘yinlar ijtimoiy lift vazifasini o‘tashini alohida ta’kidladi.
Loyiha doirasida yoshlarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan seminarda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi: Munozara o‘yinlari: Talaba hayotidagi o‘rni va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati; Argumentatsiya san’ati: Madaniyatli bahs yuritish va asosli dalillar keltirish; Notiqlik mahorati: Auditoriya bilan ishlashning zamonaviy va samarali usullari. Tadbir davomida talabalar nafaqat nazariy bilim oldilar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z nutq va mantiqiy mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bu kabi o‘quv-seminarlar yoshlarning har tomonlama ijtimoiy faol bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar ta’til davrida talabalarning o‘z ustida ishlashlari uchun qulay imkoniyat yaratmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar:



