logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Buyuk ajdodlar yodi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

view 206

Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti tashabbusi bilan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk ajdodlar yodi” nomli adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, taniqli adiba Muhtarama Ulug‘ova faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati, Zahiriddin Muhammad Bobur merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Talabalar tomonidan g‘azal va ruboiylar ijro etilib, badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, Muhtarama Ulug‘ova o‘zining ijodiy faoliyati, jurnalistik tajribasi hamda respublika tanlovlarida g‘olib bo‘lgan asarlari haqida so‘zlab, yoshlarni kitobxonlikka va ona tilini e’zozlashga da’vat etdi. Tadbir yakunida mehmon universitet rahbariyati va talabalar tomonidan samimiy minnatdorchilik bilan kuzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.